» » O‘zbekistonda may oyida guruch narxi 4,2 foizga qimmatlashdi

O‘zbekistonda may oyida guruch narxi 4,2 foizga qimmatlashdi


2018-yilning may oyida asosiy guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlarining o‘zgarishi e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

O‘tgan oyda guruch 4,2 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, grechka (2,9 foizga), loviya (1,4), no‘xat (1,3), un (0,6), mosh (0,4) mahsulotlarida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari may oyi davomida o‘rtacha 0,2 foizga qimmatlashib, bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,1 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ichida mevalarning narxi 4,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, sabzavotlar narxlarida 13,6 foizga pasayish kuzatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют