» » Chimboyda Berdaq va Kunxo‘ja me’morial majmuasi qad rostlamoqda

Chimboyda Berdaq va Kunxo‘ja me’morial majmuasi qad rostlamoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida qoraqalpoq xalqining buyuk farzandlari Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarga ramziy qabr tashkil qilinib, me’morial muzey qad rostlamoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Ayni paytda buyuk shoirlarning maqbaralariga tamal toshi qo‘yilib, keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“O‘tmishga qaytib ish ko‘rish xayrlidir. Tarixni bilish, uni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarning ramziy qabri tashkil qilinib, maqbara barpo etilishi, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey qad rostlashi hamda bu joyda bog‘ yaratilib, kommunikatsiya tarmoqlarining olib kelinishi haqidagi dastlabki qadamlar butun ijod ahlini xushnud etdi”, – deydi Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesbay Karimov.

Ta’kidlash joiz, Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarning qabri Chimboy tumanidagi “Qoraqum eshon” qabristonida joylashgan. Bu joy Nukus shahridan deyarli 120 kilometr uzoqlikda joylashgan. 3 yarim—4 gektar maydonni egallagan mazkur qabriston atrofida aholi siyrak joylashgan, suv ta’minoti yo‘q, tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqori. O‘z navbatida ushbu holatlar bu joyda obodonlashtirish masalasida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Lekin shunga qaramasdan bu joyda ham obodonlashtirish ishlari olibborilishi rejalashtirilgan.

“Ramazon oyida boshlangan xayrli ishlardan biri – bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan Chimboy tumani hududidan buyuk shoirlarimiz Berdaq va Kunxo‘jaga ramziy qabr tashkil etilishi bo‘ldi. Tarixda besh shaharning biri sifatida dong taratgan Chimboy shahrini qaytadan sayyohlik markaziga aylantirishni rejalashtirganmiz”, – deydi Chimboy tumani hokimi Po‘lat Yeshanov.

Majmua barpo qilinayotgan joyda avval qoraqalpoq baxshichilik maktabi asoschisi Aqimbet baxshi maqbarasi qad rostlab, atrofi obodonlashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют