» » Tashkent City qurilishini to‘rt yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda

Tashkent City qurilishini to‘rt yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda


Tashkent City Xalqaro biznes markazi qurilishini to‘rt yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” Tashkent City direksiyasiga tayanib. Bu davr loyihalashtirishdan boshlab obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Loyiha ikkita bosqichga ajratilgan — mehmonxona va kongress-xoll, turar joy binolarining bir qismi va bog‘ zonasini birinchi navbatda ikki yarim yil ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Qurilish maydoni yettita lotga bo‘lingan, ularda to‘qqizta investorning 1,3 milliard dollarlik investitsiyalari kiritilishini ko‘zda tutuvchi loyihalarning amalga oshirilishi tasdiqlangan. Tashkent City hududida quyidagilar barpo etiladi:

Bog‘ loyihaning yuragiga aylanadi, u nafaqat Tashkent City rezidentlari uchun, balki poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ham ochiq bo‘ladi.

Tashkent City direksiyasi kongress-xoll qurilishini birlamchi deb belgiladi, u yerda poydevor qo‘yish ishlari bormoqda. Boshqa uchastkalarda aholini boshqa joyga ko‘chirish va mavjud binolarni buzish jarayonlari yakunlanmoqda. Investorlar ajratilgan hududlarda binolarni va infratuzilmani batafsil loyihalashtirishga kirishdi.

Loyihani amalga oshirish uchun Tashkent City direksiyasi ekspertlar jamoasini yig‘di, bular: ARUP (Buyuk Britaniya) — arxitektura konsepsiyasini ishlab chiquvchi, Cushman and Wakefield (AQSh) — tijorat konsepsiyasini ishlab chiquvchi, SF Landscape Architecture (Italiya) — lanshaft konsepsiyasini ishlab chiquvchi, Prime Tower Group (O‘zbekiston) — bosh loyihalovchi, Discover Invest (O‘zbekiston) — bosh pudratchi va boshqalar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют