» » Respublika ishchi guruhi Andijonning Baliqchi tumanida og‘ir sharoitda kun kechirayotgan oilalarni aniqladi

Respublika ishchi guruhi Andijonning Baliqchi tumanida og‘ir sharoitda kun kechirayotgan oilalarni aniqladi


Ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Andijon viloyati Baliqchi tumani “Siza” mahalla fuqarolar yig‘ini Baland ko‘chasi 24-uyda istiqomat qiluvchi Jakbarali Mamatov xonadonida bo‘ldi, deb yozadi O‘zA. Oilaning ikki nafar qiz farzandi – 1993-yili tug‘ilgan Shohsanam va 1997-yili tug‘ilgan Jumagul Mo‘yiddinovalar 1-guruh nogironi bo‘lib tug‘ilgan. 11 yoshli kenjatoy Jahongir Mo‘yiddinov esa sog‘lom va ota-onasining qanotiga kirmoqda.

Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan zamonaviy “Janome” tikuv mashinasi ushbu xonadonga taqdim etildi. Shu bilan birga nogironlik aravachasi ham yetkazib berildi. Oila a’zolarining quvonchi cheksiz edi.

O‘rganishlar chog‘ida “Siza” va “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi og‘ir sharoitda kun kechirayotgan, oilasiga bir so‘m ham daromad kirmayotgan, bola-chaqasini boqishga qiynalayotgan xonadonlar ham aniqlandi. Boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz, nogironligi bor, kam ta’minlangan oilalarga 20 qop un, 32 kilogramm yog‘ va boshqa zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

“Oqtepa” mahallasi “Vodiy gavhari” ko‘chasi 44-uyda yashovchi Kamolov Sardor ko‘z kasalligidan 5 yoshligidan buyon aziyat chekib keladi. Yoshligida o‘yinqaroqlik qilib, bir ko‘zi butunlay ko‘rmay qoldi. O‘ng ko‘zining ko‘rish qobiliyati esa pasayib bordi va hozirda minus yetti (-7)ga tushib qoldi. Oqibatda kap-katta norg‘ul yigit mehnatga yaroqsiz bo‘lib qoldi.

Ishchi guruhi tavsiyasiga ko‘ra, Sardor Kamolovga Andijon viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Statsionar sharoitda imtiyozli (bepul) davolanish uchun yo‘llanma rasmiylashtirib berildi. Uyda vaqtinchalik ishsiz o‘tirgan turmush o‘rtog‘i esa haq to‘lanadigan jamoat ishiga taklif qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют