» » G‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga izoh berildi

G‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga izoh berildi


AQSh va Kanada neyrobiologlar miyaning diniy tajriba va g‘ayritabiiy kuchlarni his qilish uchun javobgar bo‘lgan qismini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘z irodasi ustidan nazorat hissini hosil qilish uchun javob beradigan pastki qism begona g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligi haqida illuziyani yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda MedicalXpess xabar berdi.

Diniy va mistik tajriba o‘z ichiga turli xayollar, shu jumladan, oliy kuchlar bilan birlashuv yoki ko‘rinmas mavjudotlar bilan uchrashuvni o‘z ichiga oladi. Bunda neyron tuzilmalari va markziy asab tizimi harakatga keladi. Biroq barcha o‘zgarishlar bosh miyaning yuqori qismida yuz beradi.

Bundan tashqari, pastki yuqori qism stimulyatsiyasi diniylikning kamayishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotda 18—27 yoshli 27 kishi qatnashgan. Miyani skaner qilishdan bir hafta oldin ko‘ngillilardan ular oliy kuchlar bilan aloqani his qilgan vaziyatni tasvirlash so‘ralgan. Ishtirokchilar stress va kuchsizlik his qilingan holatlari haqida ham hikoya qilgan. Funksional magnit-rezonans terapiya o‘tkazishda kuchsizlanib ketayotgan audioyozuv eshitilgan.

Ishtirokchilarda diniy tajriba farq qilsa ham, ularning miya faolligida o‘xshashlik kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют