» » Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qildi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi “O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga, ularda tadbirkorlik, ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatni shakllantirishga ko‘maklashish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi.

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 30 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2018-yil 7-iyundan 13-iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining “Fundngo.uz” rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют