» » Oliy Majlis huzuridagi fond NTT va OAV uchun grantlar tanlovini e’lon qildi

Oliy Majlis huzuridagi fond NTT va OAV uchun grantlar tanlovini e’lon qildi


Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik islohotlarning aniq natijalari to‘g‘risida milliy va xorijiy auditoriyani xabardorligini oshirish, so‘z erkinligini va axborot olishni, OAV yanada liberallashtirishni ta’minlashga ko‘maklashish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda. 

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi.

Bir loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori 25 million so‘mgacha. Hujjatlar 2017-yil 27-fevraldan 3-aprelgacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют