» » Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusidagi ikkinchi xalqaro kongress boshlandi

Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusidagi ikkinchi xalqaro kongress boshlandi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusidagi ikkinchi xalqaro kongressi boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) mutasaddilari ma’lum qildi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zEOAVMA tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini chuqur o‘rganish va dunyo miqyosida keng targ‘ib etishdan iborat.

Anjuman doirasida Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografiya muzeyi, Rossiya milliy kutubxonasi, Din tarixi muzeyi, Sharq qo‘lyozmalari instituti va boshqa bir qator ilmiy va madaniy muassasalarda O‘zbekistonga oid ko‘rgazmalar tashkil etilishi kutilmoqda. Ushbu madaniyat maskanlariga mamlakat me’moriy yodgorliklaridagi epigrafika san’ati haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomlari beg‘araz tuhfa etiladi.

— Rossiyada mamlakatimizga oid juda katta miqdordagi tarixiy eksponatlar, madaniyat durdonalari, noyob qo‘lyozmalar saqlanmoqda, — deydi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy yodgorliklarni tadqiq etish markazi direktori, falsafa fanlari doktori Roik Bahodirov. — Biz ayni paytda bu mamlakatdagi muzeylar, ilmiy muassasalar bilan ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqdamiz. Muhimi, rossiyalik hamkorlarimiz bizning bu boradagi takliflarimizni mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Mazkur xalqaro anjuman ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab berishiga ishonamiz.

Kongress doirasida 7-iyun kuni sho‘balarga bo‘lingan holda ilmiy munozaralar o‘tkazilishi belgilangan. Xalqaro kongressda dunyoning 30 ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan olimlar va mutaxassislar, yirik muzeylar va ilmiy markazlar vakillari ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют