» » Samarqandlik tadbirkor haftada bir kun mahalladoshlariga tekinga non tarqatmoqda

Samarqandlik tadbirkor haftada bir kun mahalladoshlariga tekinga non tarqatmoqda


Samarqand shahridagi “Muliyon” mahallasida yashovchi tadbirkor haftada bir marta mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatib kelmoqda.

“Samarkandskiy vestnik” nashrining yozishicha, uni har juma 30-umumta’lim maktabi yonida ko‘rish mumkin. 23 yoshli Samar tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, sexida non mahsulotlari tayyorlaydi.

“O‘zidan boshqani o‘ylamaydigan va boshqalarga beg‘araz yordam berishni istamaydigan odamlar menga yoqmaydi. Savob ish qilganda insonning o‘zi o‘zgaradi, yanada yaxshi odamga aylanadi. Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerak emas, boshqalarga yordam berganda hayot yanada go‘zallashadi”, — deydi tadbirkor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют