» » Andijonlik tadbirkor Izboskan tumanidagi maktabning alochi oquvchilariga stipendiya joriy etdi

Andijonlik tadbirkor Izboskan tumanidagi maktabning alochi oquvchilariga stipendiya joriy etdi


Oquvchi-yoshlarni qollab-quvvatlash, ularning ilm olishga bolgan qiziqishini yanada oshirish, ijobiy raqobatni kuchaytirish va ragbatlantirish maqsadida tadbirkor Abduhalil Obidov tomonidan tashkil etilgan Usta Habibulloh ota oquvchi-yoshlarni qollab-quvvatlash xayriya jamgarmasi maktab oquvchilariga stipendiya taqdim etadi, deb xabar berdi OzA.

Jamgarma Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi 34-umumtalim maktabidatahsil olayotgan, namunali xulqqa ega, oqish va jamoat ishlarida faol 1-sinfdan 10-sinfgacha bolgan 10 nafar oquvchini har oyda 25 ming som miqdoridagi oylik stipendiya va maxsus nishon bilan taqdirlab boradi. Stipendiya sohiblari sinf rahbarlarining tavsiyalari asosida maktabda tuzilgan hakamlar hayati tomonidan aniqlanadi. Oquv yili yakunida esa eng kop stipendiya sohibi bolgan, alochi oquvchi noutbuksohibiga aylanadi.

Kelgusida stipendiya miqdorini kopaytirish, kitob mutolaasi boyicha tanlovlar otkazish, kam taminlangan oilalar farzandlariga imkon qadar yordam korsatish kabi bir qator ishlarni amalga oshirishni oldimizga maqsad qilganmiz. Bundan tashqari maktabimizni tamomlab, tolov-kontrakt asosida oqishga kirgan kam taminlangan oilalar farzandlariga kontrakt tolovlarini otkazib berishni ham rejalashtirganmiz, deydi tadbirkorAbduhalil Obidov.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-03-2018, 15:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -