» » Gvatemala vulqoni oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi

Gvatemala vulqoni oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi


Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gvatemala favqulodda vaziyatlar agentligiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Tabiiy ofat tufayli mamlakatning bir qancha shaharlarida xavf-xatarning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilingan. 296 kishining jabr ko‘rgani hamda 200 kishining bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan.

Avvalroq, qo‘shni mamlakatlar Gvatemalaga yordam ko‘rsatayotgani xabar qilingan. Xususan, AQSh harbiy-havo kuchlari kuyish va boshqa jarohatlar olgan 6 nafar bolani evakuatsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fuego vulqonining otilishi haqidagi dastlabki xabarda halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil qilgani ma’lum qilingan. 5-iyun, seshanba kuni qurbonlar soni 69 taga yetgan. 6-iyun, chorshanba kuni 75 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют