» » Gvatemalada vulqon otilishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Gvatemalada vulqon otilishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi


Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda MVS Noticias telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Telekanal bergan ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlarning soni hozircha ma’lum emas, lekin yuzlab kishilarning jabr ko‘rgani aniq.

Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi tufayli bir necha shaharlarda xavf-xatarning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilingan.

OAV tabiiy ofat vaqtida 296 kishining jarohat olganini xabar qilgan.

Poytaxtdagi La Aurora aeroportining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.  Shoshilinch xizmat xodimlari odamlarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют