» » O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun 28 million nusxada darsliklar chop etiladi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun 28 million nusxada darsliklar chop etiladi


6-iyun kuni Xalqaro press klubning “2018—2019-o‘quv yili: yangiliklar, muhim vazifalar va muammolar tahlili” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Hamroyev, Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim vazirligi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdurahim Nosirov, 10—11-sinf adabiyot darsligi muallifi Nasrullo Qurbonovlar spiker sifatida ishtirok etdi.

Sessiyada qayd etilishicha, 2018—2019-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1,2,11-sinflari uchun to‘liq to‘plamdagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualar tayyorlanib, bugungi kunda chop etish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, 11-sinf uchun 7 ta tilda 20 ta fandan 32 nomdagi darsliklarning original maketi yaratildi.

1—2-sinflar uchun 76 nomdagi o‘quv-metodik majmualari qayta nashrga tayyorlandi. Yangi o‘quv yili uchun jami 28 million nusxada darsliklar chop etiladi.

Shu bilan birga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni zamon talablariga muvofiq yaratish, ularni nashrga tayyorlash va nashr etish borasida ayrim muammo va kamchiliklar ham kuzatilmoqda.

Shuning uchun ham hozirda darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha yangi tartib ishlab chiqilmoqda, unga ko‘ra darsliklarni bir yil davomida yaratish hamda keyingi yil davomida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazish natijasida takomillashtirib, amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra darsliklarni yaratish bir yil davomida nashriyotlar tomonidan amalga oshiriladi va amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi, olingan xulosa va takliflar asosida tuzatish va qo‘shimchalar kiritilganidan so‘ng yana bir yil davomida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

Tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, amaliyotga joriy etish uchun ma’qul deb topilgan darslik bosmaxonalar tomonidan chop etilishiga ruxsat berilishi nazarda tutilgan. Darsliklarni chop etuvchi matbaa korxonalar tomonidan o‘quv adabiyotlarini sifatli va amaldagi standart talablariga muvofiq chop etilishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют