» » Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi harbiylarining oilalari o‘rtasida birinchi marotaba tanlov o‘tkazildi (foto+video)

Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi harbiylarining oilalari o‘rtasida birinchi marotaba tanlov o‘tkazildi (foto+video)


Toshkentning Mirobod tumanidagi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari oilalari o‘rtasida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali binosida birinchi marta “Numanali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahri harbiy-ma’muriy sektori bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda Mirobod tuman hokimligi, mudofaa ishlari bo‘limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakillari ishtirok etdi. Harbiylar oilasi “tanishtiruv”, “oshxona qiroli”, “zakovat”, “sahna ko‘rinishi” va “erkin mavzu”dagi beshta shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Mazkur tanlovda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi serjant Shuxrat Davlatovning oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin serjant Muzaffar Madaliyev (Mudofaa vazirligi) oilasiga, uchinchi o‘rin esa serjant Jenis Tulepbergenov (Ichki ishlar vazirligi) oilasiga nasib etdi.

G‘oliblar va ishtirokchi jamoalar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют