» » Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sindao shahriga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sindao shahriga yetib keldi


Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Xitoyning Sindao shahriga yetib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng, 2018—2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Sammit doirasida O‘zbekiston Prezidentining Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют