» » Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi


Innovatsion rivojlanish vazirligida Changan Automobile Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston hududida elektromobillar ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Changan kompaniyasi vakillari Farg‘ona vodiysida joylashishi mumkin bo‘lgan elektromobillar yig‘ish sexini qurish niyatlari borligini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov mazkur loyihani amalga oshirilishini jadallashtirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish, O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari va davlat organlari bilan muloqotga amaliy yordam berib, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Tomonlar tez kunlarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga kelishib oldi.

Loyiha muvaffaqiyatli ishga tushgan taqdirda, birinchi bosqichda 15-20 milion dollar miqdorida investitsiya kiritish, 100–150 ta ish o‘rinlari tashkil qilish, bir yilda mingta yirik uzelli elektromobillar (Spark va Nexia’ga o‘xshash) yig‘ish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa respublikadagi mavjud korxonalarning quvvatini jalb etgan holda ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘shimcha ish o‘rinlari soni oshishiga erishiladi.

Ta’kidlash joizki, Changan Automobile Group Xitoy avtomobil kompaniyalarining “katta to‘rtligi”ga kiradi. Avtokompaniyaning Ford Motor, Suzuki Motor, Mazda Motor va PSA Peugeot Citroen kabi yirik konsernlar bilan qo‘shma korxonalari mavjud. Changan’ning bosh idorasi Chunsin shahrida joylashgan.

O‘zbekistonda mazkur kompaniya gibrid dvigatelli va butunlay elektr kuchida ishlaydigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishga urg‘u berish niyatida. 2025-yilga kelib barcha turdagi (kichik metrajli avtomobillardan tortib kupe kuzovli oliy toifadagi avtomobillargacha) 21 modeldagi faqat elektr quvvati bilan ishlaydigan yangi elektromobillar va 12 ta gibrid modellar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют