» » “Navbahor” o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda taslim etdi (video)

“Navbahor” o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda taslim etdi (video)


Bugun, 10-iyun sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi bahslari 14-turiga start berildi.

Mazkur turni “Vodiy derbisi” ochib berdi. “Navbahor” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hisob 5-daqiqadayoq ochildi. Gol muallifi — Ilhom Boydedayev. 19-daqiqaga kelib Azamat Allaniyozov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Ro‘zimboy Ahmedov 3-golni urib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Navbahor” mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 27 ochkoga yetkazib oldi.

Pepsi Superligasi

14-tur bellashuvlari

10-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 — 5 Ilhom Boydedayev. 2:0 — 19 Azamat Allaniyozov. 3:0 — 74 Ro‘zimboy Ahmedov.

“Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘monov, Ilhom Boydedayev (Zohir Pirimov, 73), Azamat Allaniyozov (Nenad Inyas, 80), Sardor Sulaymonov (Ro‘zimboy Ahmedov, 64), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich

“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, Bahodir Akromov, G‘iyosjon Komilov (Oybek Rustamov, 61), Jamshid Hasanov, Avazxon Mamatxo‘jayev (Javohir Sidiqov, 25), Quvondiq Ro‘ziyev (Nosirbek Otaqo‘ziyev, 46), Bahodir Pardayev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Darko Gojkovich, Marko Milich

11-iyun, dushanba

12-iyun, seshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют