» » “Navbahor”dan “superkambek”. Namanganda Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”i taslim etildi

“Navbahor”dan “superkambek”. Namanganda Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”i taslim etildi


Kecha, 19-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 7-turi boshlangan edi.

Bugun, 20-aprel sanasida yana ikki uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan edi.

Ulardan biri Namanganda “Navbahor” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Mazkur uchrashuvga tashrif buyurgan “Navbahor” jamoasi muxlislariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan 22 ming dona futbolka bepul tarqatildi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan 14-daqiqada ochildi. Gol muallifi Rustam Ashurmatov. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida “Navbahor” legioneri Nenad Inyats gol urib hisobni tenglashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Navbahor” gol urib, peshqadam “Bunyodkor”ni mag‘lub etishga erishdi.

Ayni damda Navoiyning “Qizilqum”i Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qilmoqda.

Superliga

7-tur bellashuvlari

20-aprel, juma

Gollar: 0:1 — 14 Rustam Ashurmatov. 1:1 — 58 Nenad Inyats. 2:1 — 90+4 Jahongir Mehmonov.

“Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘monov (Sardor Sulaymonov, 58), Azizbek Turg‘unboyev, Nenad Inyats ( Behruz Sa’dilloyev, 90), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Zohir Pirimov, 46), Darko Stanoyevich

“Bunyodkor”: Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov (Islom Qobilov, 42), Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 79), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 64), Murodjon Toshmatov, Xurshid G‘iyosov, Mirg‘iyos Sulaymonov

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 33, Oston O‘runov 48, Nenad Inyas 58, Mirg‘iyos Sulaymonov 70, Jahongir Mehmonov 80.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют