» » Singapurda sammit o‘tkaziladigan joyni ko‘rish mumkin bo‘lgan 130 metrli attraksion ochildi

Singapurda sammit o‘tkaziladigan joyni ko‘rish mumkin bo‘lgan 130 metrli attraksion ochildi


Singapurdagi Sentos orolida KXDR va AQSh yetakchilari uchrashadigan Capella mehmonxonasi hududini ko‘rish mumkin bo‘lgan maxsus attraksion ochildi, deb yozadi “TASS”.

Barcha istovchilarni Tiger Sky Tower yopiq platformasi 130 metr balandlikka olib chiqadi, u yerdan mehmonxona joylashgan 12 gektar hudud ko‘rinib turadi. Chipta narxi 20 Singapur dollari (15 dollar)ga teng.

Ayni paytda mehmonxona yaqinida piyodalar yo‘laklari bo‘ylab ikki metrli to‘siqlar o‘rnatilgan, jurnalistlarga mehmonxona darvozasi yaqinida foto va video tasvirga olish taqiqlangan, xavfsizlik xizmati xodimlari 50 metrdan yaqinroq kelmaslikni talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют