» » Singapurda KXDR — AQSh sammitiga atab esdalik tangalar chiqarildi

Singapurda KXDR — AQSh sammitiga atab esdalik tangalar chiqarildi


Singapur zarbxonasi 5-iyun, seshanba kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning bo‘lg‘usi uchrashuviga atalgan tangalarni taqdim etdi, deb yozadi “TASS”. Ular uch xil variantda, shu jumladan, tilla va kumush talqinda yasalgan.

Har bitta tangada qo‘l siqishuvi, uning chap tomonida — KXDR bayrog‘i, o‘ng tomonida — Amerika bayrog‘i aks etgan. Tepasiga esa “12.06.2018. Singapurdagi sammit” degan yozuv ingliz tilida tushirilgan.

Tilla tanganing qiymati 1380 ming Singapur dollari (1 ming AQSh dollari), kumushi — 118 Singapur dollari (88 dollar) va oddiy nikellangan ruxdan yasalgani — 36 Singapur dollari (27 dollar)ga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют