» » Shanxayda tashlandiq kon mehmonxonaga aylantirildi (foto)

Shanxayda tashlandiq kon mehmonxonaga aylantirildi (foto)


Shanxay yaqinida Songjiang InterContinental mehmonxonasi qurilishi yakunlanmoqda. Bu haqda The China Daily xabar berdi.

Binoning bir qismi tashlandiq konda joylashgan. Mehmonxona ilk mijozlarni kelgusi yil bahorida qabul qilishi kutilmoqda.

Mehmonxona chuqurligi 90 metr bo‘lgan tashlandiq konda qurilmoqda, yer yuzasida uning faqat ikki qavati joylashadi. Binoning asosiy qismi kon ichida, yana bir necha qavati suvosti bo‘lishi rejalashtirilgan.

Mehmonxona 370 xonadan iborat bo‘ladi, ularda 1000 ga yaqin kishi istiqomat qilishi mumkin. Shuningdek, konferens-zallar, dam olish zonalari va restoranlar faoliyat ko‘rsatadi.

Qurilish bilan Britaniyaning Atkins byurosi me’morlari shug‘ullanmoqda. Ular binoni atrofdagi landshtaf bilan uyg‘unlashtirish uchun mehmonxona tomida daraxtlar ekishni ko‘zlamoqda.

Mehmonxonaning eng farqli jihati esa bino markazidagi konning eng yuqori nuqtasidan tushib keladigan sharshara bo‘ladi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют