» » Qarindoshining hujjati bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Qarindoshining hujjati bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi


30-may kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” xalqaro avtoyo‘l o‘tkazish punktida boshqa pasport bilan O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga uringan qoidabuzar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili bergan ma’lumotga tayanib, “Gazeta.uz”ga xabar bermoqda.

Qoidabuzarning Qirg‘iziston fuqarosi ekani aniqlangan. U o‘z pasportini yo‘qotib qo‘ygani, shundan so‘ng amakivachchasining hujjati bilan chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganini aytgan.

Dastlabki tergov olib borilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha qoidabuzarga nisbatan qonunchilik doirasida choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют