» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar—may oylarida 14,7 milliard dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar—may oylarida 14,7 milliard dollarni tashkil etdi


O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar—may oylarida 14,7 milliard AQSh dollari, shu jumladan, eksport 6,5 milliard AQSh dollari va import 8,2 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 1,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64,3 foizga o‘sishi tabiiy gazning 1,8 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar esa 2,6 foizga o‘sdi, shundan plastmassa va plastmassa buyumlarining eksporti 18,5 foizga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 73,8 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 60,9 foizga o‘sishiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 33,7 foiz) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (11,5 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eksport tarkibining umumiy hajmidan 29,8 foizini xizmatlar tashkil qiladi, bunda transport xizmatlari 10,4 foiz va safarlar 17,6 foizni tashkil qiladi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 27,5 foizni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 32,1 foizni tashkil qilmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 305,4 million AQSh dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 73,8 foizga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmida 40,6 foizini meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 martaga o‘sdi), 49,0 foizini sabzavotlar (58,9 foiziga), 7,5 foizini uzum (0,4 foizga kamaydi) tashkil qiladi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 47,4 foiz ), Rossiya (13,4 foiz), Afg‘oniston (7,7 foiz), Qirg‘iziston (7,3 foiz), Xitoy (4,7 foiz), Vyetnam (4,4 foiz), Turkiya (3,0 foiz), Pokiston (2,0 foiz) va Eron (1,3 foiz) hisoblanadi.

2018-yil yanvar—may oylari yakuni bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti umumiy eksport hajmida 8,3 foizni tashkil qildi. To‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmi 536,5 million AQSh dollarini tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 foizga oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 1) ( 94) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...