» » Oq uy Trampning xorij yetakchilari bilan suhbatlari tafsilotlari oshkor bo‘lishi sabablarini o‘rganmoqda

Oq uy Trampning xorij yetakchilari bilan suhbatlari tafsilotlari oshkor bo‘lishi sabablarini o‘rganmoqda


AQSh ma’muriyati prezident Donald Trampning xorijiy davlatlar yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlari tafsilotlari matbuotda paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Oq uy vakili aynan qanday tekshiruvlar o‘tkazilayotganiga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, davlat rahbari yuzaga kelgan holatdan shaxsan xavotirda ekanligini bildirdi.

Biz mazkur xavotirli vaziyatni o‘rganyapmiz. Oshkor etilgan ayrim tafsilotlar mavjud qonun-qoidalarning buzilishi hisoblanadi. Albatta, u bundan tashvishda. Muzokaralarni ular oshkor bo‘lmasligi xavfisiz o‘tkaza olmasligining o‘zi xavotir uyg‘otadi.

Shon Spayser, Oq uy matbuot kotibi

Reuters Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqoti chog‘ida SNV-III shartnomasini “muvaffaqiyatsiz” deb atagani haqida xabar bergandi. Shuningdek, OAV Tramp Avstraliya bosh vaziri va Meksika prezidenti bilan qo‘pol gaplashganini ma’lum qilgandi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют