» » Bolgariyada harbiy vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Bolgariyada harbiy vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor


Kecha, 11-iyun kuni Bolgariyada Mi-17 harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Oqibatda uning bortida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan va yana bir kishi jarohat olgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Halokat mamlakat janubidagi Plovdiva fuqarolik aeroporti hududida sodir bo‘lgan. Vertolyot 50 metr balandlikdan qulab tushgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot ichida uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Noxush hodisa oqibatida katta uchuvchi va uning yordamchisi halok bo‘lgani aytilmoqda, ekipajning uchinchi a’zosi — bort muhandisi shifoxonaga yetkazilgan.

Vertolyotning qulashiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют