» » O‘zbekiston 2018-yilda rossiyalik sayyohlar tashrif buyuradigan eng mashhur xorij mamlakatlari qatoridan o‘rin oldi

O‘zbekiston 2018-yilda rossiyalik sayyohlar tashrif buyuradigan eng mashhur xorij mamlakatlari qatoridan o‘rin oldi


TurStat tahliliy agentligi 2018-yilda xorijga chiqadigan rossiyalik turistlar soni ikki barobarga ko‘payishini ma’lum qildi, deb xabar beradi UZ24. Rossiyaliklar asosan plajlar va ekskursiya qilish mumkin bo‘lgan turistik yo‘nalishlarni ma’qul ko‘rmoqda.

Statistikaga ko‘ra, rossiyaliklar Qatar, BAA, Turkiya, Tailand va Vyetnamga plyajda hordiq chiqarish uchun boradi. Ekskursiya yo‘nalishidagi eng mashhur davlatlar qatoridan esa Italiya (213 ming), Chexiya (118 ming), Ispaniya (134 ming) va Fransiya (101 ming) o‘rin olgan.

Joriy yilning dastlabki uch oyi natijalariga ko‘ra, rossiyalik turistlar orasida quyidagi mamlakatlar top-10 talikdan joy oldi: Abxaziya (797 ming), Finlyandiya (737 ming), Qozog‘iston (521 ming), Tailand (491 ming), Ukraina (416 ming), Xitoy (413 ming), Estoniya (410 ming), BAA (353 ming), Germaniya (286 ming) va Polsha (265 ming).

2018-yilning 1-choragida Markaziy Osiyo mamlakatlariga uyushtirilgan safarlar soni ham oshgan. Rossiyalik turistlar uchun mintaqada Qozog‘iston 512 ming ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda. Markaziy Osiyo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni, umumiy ro‘yxatda esa 33-o‘rinni Qirg‘iziston (43 ming) egalladi. Uchinchi o‘rinni esa O‘zbekiston (25 ming, umumiy ro‘yxatda — 40-o‘rin) band etdi. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 19 foizga ko‘p demakdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют