» » Janubiy Koreya va AQSh harbiy mashg‘ulotlari rejasi o‘zgarganligi ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreya va AQSh harbiy mashg‘ulotlari rejasi o‘zgarganligi ma’lum bo‘ldi


Janubiy Koreya va AQSh harbiylari Amerika—Janubiy Koreya qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari rejalariga tuzatish kiritish ehtimolini muhokama qilishni boshladi. Bu Amerika prezidenti Donald Trampning Singapurdagi sammitdan so‘ng manyovrlarni to‘xtatish haqidagi bayonoti fonida amalga oshirilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

“AQSh va Janubiy Koreya muzokaralar olib bormoqda. Harbiy boshqarmalar o‘rtasidagi aloqa kanallari jalb etilgan”, — deya ma’lum qilgan “Ryonxap” agentligining Janubiy Koreya harbiy doiralaridagi manbalari.

Shu tariqa, agentlikning ta’kidlashicha, avgust oyiga rejalashtirilgan Ulchi Freedom qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari noma’lum muddatga kechiktirilishi yoki bekor qilinishi ehtimoli mavjud.

Kuni kecha AQSh va KXDR sammiti yakunlari bo‘yicha Donald Tramp, KXDR bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketar ekan, Vashington Janubiy Koreya bilan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatishini ma’lum qildi. AQSh rahbari bu “katta pullarni tejash imkonini berishini” ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют