» » Xalq ta’limi vazirligi: Birinchi sinfga bolalar tanlovsiz qabul qilinadi

Xalq ta’limi vazirligi: Birinchi sinfga bolalar tanlovsiz qabul qilinadi


Ma’lumki, poytaxtdagi ayrim maktablar birinchi sinfga bolalarni imtihon orqali saralagan holda qabul qiladi. Aslida bu qanchalik to‘g‘ri? “Xabar.uz” ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasida har bir maktab yoshidagi bola bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishi Konstitutsiya bilan kafolatlangan bo‘lib, ushbu huquqning so‘zsiz amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Nizomning 39-bandiga muvofiq maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomga ko‘ra umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6—7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq (42-band), tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno (44-band).

Nizomning 43-bandida bolalarni umumta’lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshirilishi belgilangan:

Umumta’lim muassasasi rahbari mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.

Hozirda amalda bo‘lgan tartibga asosan, ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 43-bandida “Ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda)” deb aniq belgilab qo‘yilgan.

Maktab rahbari umumta’lim muassasalariga bolani o‘qishga qabul qilish uchun fuqarolardan hujjat talab qilishda yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatdagi normalarga tayanadi. Direktorning amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmasligi esa unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashga asos bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют