» » Farg‘ona viloyati hokimining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Farg‘ona viloyati hokimining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi


Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qo‘chqorov Sadriddin Burxonovich o‘rniga Ortiqov Akmalxon Jo‘raxonovich hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tursunov Alibek Ma’murjonovich o‘rniga Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat hokimining ishdan olingan har ikki o‘rinbosari Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12—13-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektorda qattiq tanqid qilingan edi.

Sessiyada bosh vazir Abdulla Aripov hamda prezidentning davlat maslahatchisi Umar Ismoilov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют