» » Yevroparlament Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

Yevroparlament Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi


Yevroparlament Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga, Moskvani esa Oleg Sentsovni ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hujjatni qabul qilish uchun 485 nafar deputat ovoz berdi, 76 kishi bunga qarshi chiqqan bo‘lsa, 66 nafar deputat betaraf bo‘lgan.

Rezolyutsiyada Ittifoqning a’zo davlatlarini Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarga nisbatan qat’iylik va birlikni saqlab qolishga va ularni uzaytirishga chaqiruvlar mavjud.

Bundan tashqari, deputatlar Moskvani Oleg Sentsovni va yana 70 nafar ukrainalikni ozod qilishga chaqiruvni qo‘llab-quvvatlagan.

“Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanayotgan kunda Yevropa parlamenti Rossiyani inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha o‘zining ichki va xalqaro majburiyatlarini bajarishga chaqiradi”, — deyiladi parlament xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют