» » Peru sudi mamlakatning sobiq prezidenti Toledoni hibsga olishga order berdi

Peru sudi mamlakatning sobiq prezidenti Toledoni hibsga olishga order berdi


Perulik sudya Richard Konsepsyon Karuancho Braziliyaning Odebrecht kompaniyasidan pora olishda gumon qilinayotgan mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledoni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sudya tomonidan belgilangan dastlabki qamoq muddati 18 oydan iborat. Toledo hozirda Fransiyada bo‘lib turibdi.

U matbuotga bergan bir necha intervyularida o‘ziga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlarni inkor etdi. Toledoning uyida tintuv o‘tkazildi.

Peru huquq-tartibot idoralari Toledo va uning ma’muriyati vakillarini Odebrecht’dan 20 million dollar (bundan 11 millioni shaxsan sobiq davlat rahbari uchun) pora olishda gumon qilmoqda.

Buning evaziga Braziliya kompaniyasi Perudagi avtomagistrallardan birini qurish bo‘yicha foydali shartnomani qo‘lga kiritgani bildirilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют