» » Toshkent shahrining markaziy 4 ta ko‘chasi yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi

Toshkent shahrining markaziy 4 ta ko‘chasi yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi


Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston poytaxtining markaziy to‘rtta ko‘chasi umuman yangicha qiyofaga ega bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro press klub yig‘ilishida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent o‘n yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi bo‘yicha ish olib borilmoqda.

“Hozirgi vaqtda xorijiy mutaxassislar Farg‘ona yo‘li, Nurafshon yo‘li, Chorsu va uning bozor yaqin atrofi, Amir Temur shohko‘chasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Juda yaqin vaqtda tajriba natijalarini taqdim etamiz, ko‘chalar qanday o‘zgarishini ko‘rasizlar”, — deb ta’kidladi Ortiqxo‘jayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘chalar qurilishi sifatli bajarilmaganligi uchun bugungi kunda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

“Hattoki, piyodalar yo‘laklari ham bo‘lmagan. Hozir bular bo‘yicha ish olib borilmoqda, shaharliklar ko‘chalar loyihalarini ko‘rishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi hokim vazifasini bajaruvchi Ortiqxo‘jayev.

Hozir ko‘chalar loyihasi bilan turli davlatlardan kelgan 40 nafar mutaxassis ish olib bormoqda. Ular ichida Fransiya, Germaniya, Janubiy Afrika, Turkiya va Rossiya arxitektorlari bor. Loyihalar hujjatlarni tayyorlash bosqichida, 25-iyunda muhokama qilish uchun yuboriladi.

Barcha taklif va istaklar e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berildi. Loyihalar aholi tomonidan ma’qullangandan so‘ng amalga oshirishga kirishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют