» » Ramazon Hayiti munosabati bilan harbiy xizmatchilar bolalarga sovg‘alar ulashdi

Ramazon Hayiti munosabati bilan harbiy xizmatchilar bolalarga sovg‘alar ulashdi


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi mas’ul ofitserlari tomonidan Qarshi shahri Kitob tumanidagi “Yosh alangachi” bolalar oromgohida dam olayotgan 5-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yuzlab kitoblar sovg‘a qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Shuningdek, Buxoro shahrida joylashgan podpolkovnik Xasan Xudoyberdiyev xizmat qilayotgan harbiy qism ofitser va serjantlar tarkibi bir nechta kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, uy-ro‘zg‘or ishlarida yordam berishdi.

Hayriya tadbirlari Sharqiy harbiy okrugida hamda Chirchiq shahrida joylashgan artilleriyachilar harbiy qismida ham ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Chirchiqdagi harbiylar Ohangaron tumanidagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 60 nafar o‘quvchilariga sport anjomlari va kiyimlar sovg‘a qilishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют