» » Mudofaa vazirligi Ramazon hayiti arafasida Obod harbiy shaharcha aksiyasini otkazdi (foto)

Mudofaa vazirligi Ramazon hayiti arafasida Obod harbiy shaharcha aksiyasini otkazdi (foto)


Ozbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayramiga bagishlab otkazilgan Obod harbiy shaharcha aksiyasida 10 000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari faol ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan Markaziy harbiy okrugi qomondonligi tomonidan aksiya doirasida harbiy qism va muassasalarda Eng yaxshi, korkam va ozoda hudud tanlovi elon qilindi. Harbiy shaharchalar, maishiy xizmat korsatish joylari, oshxona va yuvinish xonalari, harbiy qism tashqari hududlari tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi. Tanlovda Samarqand shahrida joylashgan mayor Alisher Qodirov xizmat qilayotgan harbiy qism Eng yaxshi, korkam va ozoda hudud deb etirof etildi.

Shuningdek, harbiy okruglarda ham harbiy shaharchalar, harbiy qism hududi va unga tutashgan mahallalar obodonlashtirildi. Ariqlar va oqova suv tizimlari tozalandi, bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. Hududlarda yordamga muhtoj keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joylari tozalanib, ularga amaliy yordam korsatildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-06-2018, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -