» » Xitoyda o‘rmondan qochgan panda qishloqlarni sayr qildi (foto)

Xitoyda o‘rmondan qochgan panda qishloqlarni sayr qildi (foto)


O‘rmondan qochib odamlar ichida yashashga qaror qilgan panda qutqaruvchilar tomonidan ilmiy markazga topshirildi, deb  yozmoqda National Geographic.

Chjen-Chjen laqabli panda 2007-yili AQShning San-Diyego shahridagi hayvonot bog‘ida tug‘ilgan.

Xorij mamlakatlari Xitoydan hayvonot bog‘lariga panda sotib olganida tutqunlikda tug‘iladigan panda bolalari vatanga qaytarilishiga va’da beradi. Bu siyosat Xitoy tomonidan yillar davomida amalga oshirib kelinadi. Natijada dunyoda pandalar soni shu darajada ko‘paydiki, ular qirilib ketayotgan hayvonlar ro‘yxatidan chiqarildi.

2010-yili Chjen-Chjen laqabli ham vataniga qaytarilgan. Sichuan viloyatidagi tadqiqot markazida tabiiy muhitga moslashtirilgan panda 2018-yili ozodlikka qo‘yib yuborilgan.

Chjen-Chjen noma’lum sabablarga ko‘ra o‘rmon yaqinidagi qishloqqa ketib qolgan. Panda avval tovuqni quvib tutmoqchi bo‘lgan, keyin asal va jo‘xori yegan.

Xitoyda pandani o‘ldirgan odamga o‘lim jazosi beriladi. Shuning uchun, pandaga shikast yetkazishdan qo‘rqqan odamlar unga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Quruvchilar Chjen-Chjenni qo‘rqitib yubormaslik uchun hattoki asboblarini o‘chirib qo‘ygan.

Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar pandani tadqiqot markaziga qaytargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют