» » Samarqanddagi xususiy tug‘riqxonada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelingan. Sotilmay qolganlari esa yoqib yuborilgan

Samarqanddagi xususiy tug‘riqxonada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelingan. Sotilmay qolganlari esa yoqib yuborilgan


Samarqand shahridagi xususiy tug‘riqxonada sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelingani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, UzNews ma’lum qildi.

Shifoxona xodimlari chaqaloqlarni soxta hujjatlar bilan 500 dan 2000 dollargacha bo‘lgan narxlarda farzandsiz oilalarga pullagan.

Sotilmay qolgan go‘daklar nobud qilingan. Chaqaloqlarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida tug‘riqxona ma’muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori Nigora Solixonova 13 yil va 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘riqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют