» » GM Uzbekistan Rossiyada 5 oyda 5 mingdan oshiq Ravon sotdi

GM Uzbekistan Rossiyada 5 oyda 5 mingdan oshiq Ravon sotdi


GM Uzbekistan 2018-yil yanvar-may oylarida Rossiyada 5,18 mingdan oshiq Ravon sotdi. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avto ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily.

Bu o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 40 foizga ko‘p.

Shu bilan birga, may oyida GM Uzbekistan sotuvlari hajmi 2017-yilning shu vaqtiga solishtirganda 58 foizga — 508 dona avtomobilgacha kamaydi.

2018-yil yanvar-may oylarida kompaniyaning Rossiya bozoridagi ulushi 0,7 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 0,6 foizga teng bo‘lgandi.

Joriy yil may oyi yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan avtomobillar sotuvi hajmi bo‘yicha Rossiyada 28-o‘rinni egalladi. Kompaniyaning hech bir modeli hisobot davrida eng ko‘p sotilgan 25 model qatoriga kirmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют