» » General-polkovnik Zokirjon Almatov va aktyor Yodgor Sa’diyev Andijonga tashrif buyurdi

General-polkovnik Zokirjon Almatov va aktyor Yodgor Sa’diyev Andijonga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zokirjon Almatov mas’ul xodimlar bilan birga Andijon shahar hokimligining majlislar zalida shahar-tumanlar IIB xodimlari, ushbu shahar-tumanlar hokimlarining Xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi kengashlari raislari, bosh imom-xatiblar hamda boshqa jamoatchilik instituti vakillari bilan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktikasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda osoyishtaliklarini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash borasida uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda tinchlik va osoyishtalikning ta’minlashi, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, nafaqat ichki ishlar va boshqa xuquq tartibot organlarining, balki har bir insoning eng avvalo, insoniylik burchi ekanligini ta’kidlandi. Zokirjon Almatov Andijon viloyatining har bir mahallasida “Ogoh qo‘shni” tizimini joriy etish taklifini berdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev bilan ham dildan suhbat o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatovning Andijon viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida taniqli sportchilar bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbatlashdi.

Yoshlar o‘rtasida boks sportini keng targ‘ib qilish va turli ommaviy sport musobaqalarini yanada ko‘proq o‘tkazish orqali ularni turli yot illatlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga erishish mumkinligi borasida o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov mas’ul xodimlar bilan birga Asaka tumaniga ham tashrif buyurib, “Sabo hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi zamonaviy issiqxona faoliyati bilan ham tanishdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют