» » Aleksandr Jilin: Rossiya huquq-tartibot organlari O‘zbekiston tajribasini o‘rganishi kerak

Aleksandr Jilin: Rossiya huquq-tartibot organlari O‘zbekiston tajribasini o‘rganishi kerak


Rossiyalik harbiy ekspert Aleksandr Jilin dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi natijalarini izohlar ekan, O‘zbekiston bu borada jiddiy yutuqlarga erishganini va bu tajribani boshqalar ham o‘rganishi zarurligini e’tirof etdi, deb yozadi Sputnik.

Uning fikricha, har qanday mamlakatda barqarorlikni va xavfsizlikning yuqori darajasini kuch idoralarining puxta tashkil qilingan ketma-ketligi ta’minlaydi.

“Tadqiqot natijalariga qaraganda, O‘zbekistonda aynan huquq-tartibot organlarida kuchli ketma-ketlik shakllangan, bu esa korrupsiya darajasini pasaytirib, ular ishining samaradorligini oshirgan. Ko‘plab mamlakatlarda, afsuski, hamma nomiga ishlaydi. Agar xalqaro tashkilotlar O‘zbekistondagi xavfsizlik darajasini shunday yuqori baholayotgan ekan, unda o‘ylaymanki, bizning bu sohadagi idoralarimiz ushbu tajribani o‘rganish uchun u yoqqa o‘z xodimlarini jo‘natishi kerak”, — dedi Jilin.

Global Law and Order xalqaro tashkiloti reytingida O‘zbekiston xavfsizlik darajasi bo‘yicha 142 ta mamlakat ichida beshinchi o‘rinni egalladi. Undan oldingi pog‘onalarda Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют