» » Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Surgut davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Surgut davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Namangan muhandislik-texnologiya instituti olimlaridan iborat delegatsiya Rossiyada bir haftalik safarda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA sahifalarida jurnalist Oqilxon Dadaboyev ma’lum qildi.

Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Oybek Ergashev, muhandislik-texnologiyalari fakulteti dekani Kamoliddin Matkarimov, sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi kafedrasi mudiri Ravshanjon Ismoilov Tyumen viloyatiga safari davomida Surgut davlat universitetida bo‘ldi.

1993-yilda tashkil topgan Surgut davlat universiteti Rossiyadagi nufuzli ta’lim dargohlaridan hisoblanadi. Politexnika, tabiiy fanlar, yuridika, iqtisodiyot va boshqaruv, tibbiyot yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan mazkur oliy o‘quv yurtida 5 ta institut faoliyat yuritadi. Universitetda 10 mingdan ziyod talaba 20 ga yaqin mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladi.

Universitet joylashgan Surgutda neft-gaz sanoati rivojlangan bo‘lib, hudud Rossiya yalpi ichki mahsulotining 27 foizini ta’minlaydi. Qolaversa, bu shaharda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyalar joylashgan, ular quvvati va ko‘lami jihatidan jahonda ikkinchi o‘rinda turadi.

Tashrif davomida ikki oliy ta’lim dargohlari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, aspirant-doktorantlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar yaratish, ikki tomonlama ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Shartnomaga asosan, iqtisodiyot, muhandislik texnologiyalari, elektr energetikasi, avtomatika, informatika, kimyo texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy hamkorlik o‘rnatiladi.

Erishilgan kelishuvlarning dastlabki samarasi sifatida universitet tomonidan Namangan muhandislik-texnologiya institutiga iqtisodiyot va texnologiyaga oid 200 ga yaqin elektron o‘quv adabiyotlari taqdim etildi. Kelgusida Surgut davlat universiteti delegatsiyasining Namanganga tashrif buyurishi ham ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют