» » Qoraqalpog‘istonda talabalarni dalaga olib chiqqan universitet mutasaddilari lavozimidan ozod etildi

Qoraqalpog‘istonda talabalarni dalaga olib chiqqan universitet mutasaddilari lavozimidan ozod etildi


Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabalarini darslardan ozod qildirib, o‘zining Nukus tumanidagi “Shortanbay tangi” fermer xo‘jaligida dala ishlariga jalb qilganligi haqida OAVda xabarlar tarqalgandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur holatni o‘rganish natijasida aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov talabalarni yordam berish uchun fermer xo‘jaligiga olib borgan va shu kunning o‘zida soat 10:30 atrofida fakultet dekanatining ko‘rsatmasiga asosan ularni qaytarib olib kelgan.

U qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazovlar 2-iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют