» » Qozog‘istonda dafn marosimlarida “yig‘lab beruvchilik” kasbi keng tarqalmoqda

Qozog‘istonda dafn marosimlarida “yig‘lab beruvchilik” kasbi keng tarqalmoqda


Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida dafn marosimlarida “yig‘lab berish” va marsiyalar kuylash “kasb”lari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Nur.kz”. Eng hayratlanarli tomoni shundaki, ularning xizmatlariga talab katta.

“Yig‘lab beruvchi” ayollar asosan qishloqlarda yashaydi. Ular gazetalarga reklama, e’lon bermaydi, shunga qaramay, ularni izlab kelishadi.

Bunday “kasb”larning paydo bo‘lishiga qadimiy an’analarning unutilib borayotgani sababchi bo‘lmoqda, deyiladi xabarda. Ma’lum bo‘lishicha, dafn marosimlarida ijro etiladigan marsiyalarni hozirda oddiy odamlar bilmaydi, shunday holatlarda marsiya kuylab beruvchi ayollarni qidirishga to‘g‘ri kelmoqda.

“Yig‘lab beruvchi” ayollarga yaxshi pul to‘lashadi. Ba’zilar sovg‘a beradi, ro‘mol, kamzul, to‘n, hatto, qoramol hadya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют