» » Xitoy dafn marosimida madhiya kuylashni va u yangrayotgan vaqtda o‘tirishni taqiqladi

Xitoy dafn marosimida madhiya kuylashni va u yangrayotgan vaqtda o‘tirishni taqiqladi


Xitoy hukumati mamlakat madhiyasini kuylash huquqini cheklovchi qonun qabul qildi. Bundan buyon uni faqat siyosiy tadbirlarda, bayroq ko‘tarish va taqdirlash marosimlarida, sport musobaqalarida va ba’zi boshqa tadbirlarda kuylash mumkin bo‘ladi. Xitoyliklar madhiya yangrayotgan vaqtda tik turishga majbur. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Madhiyani dafn marosimlarida, “nomunosib shaxsiy yig‘ilishlar”da kuylash, undan reklamalarda yoki jamoat joylarida fon musiqasi sifatida foydalanish taqiqlandi.

Madhiya qatorlarini qasddan o‘zgartirish yoki uni hurmatsizlarcha kuylaganlik uchun 15 sutkalik qamoq yoki jinoiy jazo belgilangan. Qonun Gongkong va Makao hududida ham amal qiladi.

“Ko‘ngillilar marshi” deb nomlanadigan Xitoy madhiyasi 1935-yilda shoir va dramaturg Tyan Xan tomonidan yozilgan, musiqasi esa Ne Er tomonidan bastalangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют