» » Tayvanda it va mushuk go‘shtini iste’mol qilish va sotishga jarima joriy qilindi

Tayvanda it va mushuk go‘shtini iste’mol qilish va sotishga jarima joriy qilindi


Tayvan parlamenti it hamda mushuk go‘shtini sotish, sotib olish va iste’mol qilishni taqiqladi. Qonunni buzganlar 50 mingdan 2 million tayvan dollarigacha (1,6 mingdan 65 ming AQSh dollari) jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar qildi Meduza.

Qonun loyihasini taqdim etgan Van Yuy-Min ba’zi hududlarda mushuk va it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlab bo‘lingani, biroq Xitoy Respublikasi bu kabi qonunni milliy darajaga ko‘targan birinchi Osiyo davlatiga aylanganini so‘zladi.

Shuningdek, o‘zgartirish hayvonlarni tahqirlashga nisbatan keskin choralar qo‘llashni belgilaydi. Endilikda buning uchun ikki yilgacha, jinoyat qaytarilsa besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Qonun chiqaruvchilar hayvonlarni mototsikl yoki avtomobilga bog‘lab “sayr” qildirishni ham taqiqladi.

O‘zgartirish parlament tomonidan ma’qullangach, hukumat hamda prezident tomonidan ham ma’qullanishi kerak. 2017-yil aprel oyining oxirida qonun kuchga kirishi kutilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют