» » Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalari

Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalari


Hadisi sharifdan ma’lum bo‘lishicha, shavvol oyida ro‘za tutishning qator foydalari bor, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram-kanaliga joylangan maqolada.

Shavvolning olti kunida ro‘za tutishning foydalaridan biri shuki, har yili ushbu hadisi sharifga amal qilgan odam umr davomida ro‘za tutganlik savobini qozonar ekan. Ulamolar Ramazon ro‘zasidan keyin shavvol oyida olti kun ro‘za tutgan kishiga bir yil davomida ro‘za tutganlik mukofoti berilishini bunday tushuntirishgan: “Ma’lumki, shariatimizda hijriy-qamariy taqvim asosida hisob-kitob qilinadi. Shunday ekan, bir hijriy-qamariy yil taqriban 360 kundan iborat. Shunda, o‘ttiz kun Ramazon ro‘zasi o‘nga ko‘paytilganda 10 oy, ya’ni, 300 kun o‘rniga o‘tadi. Shavvol oyining olti kun ro‘zasining o‘n barobari esa 60 kun, ya’ni, 2 oy bo‘ladi. Qo‘shib hisoblaganda, 360 kun (bir yil)ni tashkil qiladi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi:

???? ????? ????????????? ?????? ?????? ????????????

“Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)...” (An’om surasi, 160-oyat).

Demak, Ramazondan keyin shavvol oyida ham ro‘za tutish fazilatli ulug‘ ekan. Buning hikmati o‘laroq, mo‘min-musulmonlar Ramazondan boshqa paytlarda ham ro‘za tutib, yanada ko‘proq ajr-savobga erishishlari, qolaversa, Ramazon kelishidan oldin, unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Sha’bon oyida o‘zlarini ro‘zaga o‘rgatib, ham jismonan, ham ruhan tayyorgarlik ko‘rganlari singari, shavvolda ham bir oy davomida ro‘za tutishga ko‘nikkan ichki a’zolar endi asta-sekinlik bilan taom iste’moliga moslashishi uchun hamdir. Shunday yo‘l tutish inson ruhiga ham, jismiga ham koni foyda. Zero, tabiblar shavvolda birdan o‘zini ovqatga urishni tavsiya qilishmaydi. Balki, ovqat iste’molini asta-sekinlik bilan ko‘paytirishni ta’kidlashadi.

Bu olti kunlik ro‘zani shavvol oyining ikkinchi kunidan boshlab tutish mumkin. Zero, shavvol oyining birinchi kuni Ramazon hayiti bo‘lgani uchun unda ro‘za tutish taqiqlanadi. Shuningdek, Iydul fitrdan so‘ng darhol ro‘za tutish ham shart emas, balki shavvol oyi davomida tutsa, joiz. Ramazon oyi davomida ba’zi kunlarining ro‘zasini tuta olmagan kishilar, avval o‘sha kunlarning qazosini ado etib, so‘ng olti kunlik ro‘zani tutsalar, ayni muddao bo‘ladi. Ammo, bu oyda olti kunlik nafl ro‘zani tutib, Ramazondan qolgan qazolarni undan keyin yoki boshqa oylarda tutsalar ham zarari yo‘q. Lekin ulamolarning tavsiya qilishlaricha, shavvol oyida tutiladigan olti kunlik nafl ro‘zani ketma-ket emas, balki har haftada ikki kundan tutish fazilatdir. Ayniqsa, dushanba va payshanba kunlari tutilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Zero, bu kunlarda tutilgan ro‘zaga qo‘shimcha qilib, o‘sha kunlardagi ro‘za tuganlik ajri ham yoziladi, inshaalloh. Bundan tashqari, qazo bo‘lgan ro‘zalarni ham mazkur oyda tutish bilan bu muborak oydagi fazilatlarga erishiladi.

Shavvolning olti kunida ro‘za tutishning yana foydalaridan biri shuki, bu o‘z mohiyati bilan musulmon kishining ro‘zadan zerikmaganiga, balki unga rag‘bati kuchliligidan dalolat qiladi. Zero, bu oydagi ro‘zaning hikmati haqida Ibn Rajab (rahmatullohi alayh) bunday degan: “Ramazon oyidan keyin ro‘za tutib yurishga odatlanish – Ramazon oyi ro‘zasining qabul bo‘lgani belgisidir. Chunki Alloh taolo bandasining biror amalini qabul qilsa, undan keyin uni (boshqa) solih, xayrli ishlarga boshlaydi, davomli qiladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 08:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют