» » Joriy yilda O‘zbekistonda 3,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda

Joriy yilda O‘zbekistonda 3,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Tekstil va tikuv-trikotaj sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash tizimining rivoji” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, xorijiy kompaniya va hamkor tashkilotlar vakillari, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Mamlakatda keng turdagi sifatli to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlashni tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda uyushma tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi. Ayni paytda uyushma tarkibida 1297 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda 3 milliard 926,7 million so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Mahalliy xomashyo asosida mahsulotni mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yil yanvar-iyun oylarida sanoat korxonalari tomonidan 12,6 milliard so‘mlik 7 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash maqsadida besh mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi.

Bugungi kunda tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, to‘qimachilik sanoati sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni va ularni tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Kadrlash tayyorlash jarayoniga xalqaro tadqiqot institutlari jalb etilgan. Jumladan, Shveysariya, Xitoy, Fransiya, Belgiya va Italiya kabi davlatlarning institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida o‘quv amaliy texnoparki tashkil etilmoqda. 2006-yildan buyon 100 dan ortiq mutaxassis Janubiy Koreyada malaka oshirib keldi. O‘z navbatida koreyalik mutaxassislar ham O‘zbekistonda kelib, tajriba almashmoqda. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Shveysariyaning Rieter AG, Turkiyaning Dilmenler, Belgiyaning Picanol kabi bir qator xorijiy kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют