» » Olimlar saraton haqida belgi beruvchi kasallik nomini ma’lum qildi

Olimlar saraton haqida belgi beruvchi kasallik nomini ma’lum qildi


Ikkinchi turdagi qandli diabet oshqozonosti bezi saratoni rivojlanishi haqida belgi berishi mumkin. Bu haqda amerikalik olimlar ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Onkologlar 1993—2013-yillar oralig‘idagi qariyb 49 ming nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan. Aniqlanishicha, ikkinchi turdagi diabet bilan og‘riydigan kishilarda oshqozonosti bezi saratonining aniqlanish xavfi 2,3 marta oshadi. Bunda diabetning erta davridagi bemorlar katta xavfga duch keladi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bunday aloqani ko‘krak, prostata yoki yo‘g‘on ichak saratoni kabi boshqa onkologik kasalliklarda qo‘llab bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют