» » Amerikalik olimlar davolab bo‘lmaydigan saratonni yengish usuli topilganini ma’lum qildi

Amerikalik olimlar davolab bo‘lmaydigan saratonni yengish usuli topilganini ma’lum qildi


AQShning Bingemton universiteti olimlari kimyoviy terapiya va radioterapiya samarasiz bo‘lib qolganda, davomiy qizitish va sovutish oshqozonosti bezidagi saraton hujayralarini yo‘qotishga yordam berishini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress xabar berdi.

Oshqozonosti bezi saratoni o‘limga olib keluvchi eng zararli shakllardan biri hisoblanadi. Taxminan 67 kishidan bir kishida mazkur kasallik qayd etiladi. Odatiy davolash usullari samarasiz bo‘lib, turli preparatlarning birgalikda qo‘llanilishi kuchli toksik ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tkazilgan tajribalar natijasida ma’lum bo‘lishicha, haroratning 48—50 darajaga ko‘tarilishi va keyin 25 daraja sovuqqa tushishi bilan o‘tkazilgan ikki martalik jarayondan so‘ng saraton hujayralarining butunlay o‘lgani kuzatilgan. Endi olimlar bu jarayonni teskari tartibda qo‘llab ko‘rish qanchalik samarali bo‘lishini aniqlashga harakat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют