» » Abdulla Aripov: Elchilarning xotinlari darslik yozyapti. Ular yozgan kitobga bolalar tugul kattalar ham tushunmaydi

Abdulla Aripov: Elchilarning xotinlari darslik yozyapti. Ular yozgan kitobga bolalar tugul kattalar ham tushunmaydi


21-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova ham ishtirok etdi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda boshqa vazirliklar rahbarlari qatnashgan yig‘ilishda xalq ta‘limi tizimidagi muammolar sanab o‘tildi.

Jumladan, maktablarda kitoblar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar yetishmasligi, darsliklarning xatolar bilan chop etilishi dolzarb muammo sifatida qayd etildi.

O‘zim ko‘p farzandli oilada voyaga yetganman. Aka-opalarimdan qolgan kitoblardan foydalanib, maktabda o‘qiganman. Hozir har to‘rt yilda yangi darsliklar chiqariladi. Matematika, fizika, geografiya kabi aniq fanlardan darsliklarning tez-tez yangilanishi nimaga kerak? Tushunmayman. Velosipedni qaytadan ixtiro qilish, Amerikani boshqatdan ochishni keragi yo‘q.

Elchilar, yana turli mansabdorlarning xotinlari kitob yozib o‘tiribdi. Ular yozgan narsasiga bolalar u yoqda tursin, katta odamlar ham tushunmaydi. Lekin o‘sha kitob tasdiqdan o‘tgan, nashr etilgan. Nimaga? Sababi kitob muallifi elchining xotini.

Abdulla Aripov, O‘zbekiston Bosh vaziri 

Bosh vazir shuningdek, darsliklarni chop etishda ilg‘or Yevropa tajribasidan foydalanish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют