» » Xalqaro seminarda O‘zbekistondagi yaylov yerlarni asrash masalasi muhokama qilindi

Xalqaro seminarda O‘zbekistondagi yaylov yerlarni asrash masalasi muhokama qilindi


“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi vakillari 19—21-iyun kunlari Makedoniyaning Skopye shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi regional byurosi tomonidan (FAO) 19—21-iyun kunlari Makedoniyaning Skopye shahrida “Degradatsiyaga uchrab cho‘llanishga sabab bo‘layotgan qishloq xo‘jalik yerlarini modernizatsiya qilish va oldini olish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarda 34 ta davlat vakillari qatorida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Seminarda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti rahbari Ruhiddin To‘rayev cho‘l mintaqalari muammolariga e’tibor qaratdi va bu masala seminarning asosiy mavzulardan biriga aylandi. Shuningdek, seminarda O‘zbekistonda yaylov yerlarini asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют